#amaliyot
♻️2025-yil 27-yanvar sanasidan universitetning barcha ixtisoslik kafedralari 3- va 4-bosqich talabalari uchun amaliyot jarayonlari boshlandi.
✔️Jumladan, 3-bosqich talabalari uchun pedagogik amaliyot jarayonlari Chirchiq shahridagi umumta’lim maktablarida, 4-bosqich talabalarining bitiruv oldi amaliyoti o‘z yashash manzilidagi sport tashkiloti hamda ta’lim maskanlarida olib borilmoqda.
⏩Amaliyotning ilk kunida talabalar tegishli manzillarning mas’ullari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, maktab faoliyati, pedagogik hamda bitiruv oldi amaliyotini o‘tash bilan bog‘liq jarayonlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, amaliyotchi talabalarimiz maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar, sport zal va ichki tartib qoidalari bilan ham tanishtirildi.
📌Ma’lumot o‘rnida, amaliyot jarayonlari shu yilning 8-martiga qadar davom etadi.