#profilaktik_tadbir
Bugun, 16-yanvar kuni universitetda talaba-yoshlar orasida turli huquqbuzarliklar, giyohvandlik, ekstremizm va kiberjinoyatlar oldini olish va ularning barvaqt profilaktikasiga qaratilgan “Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar” mavzusida tadbir tashkil qilindi.
Unda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Mirzanov, rektor maslahatchisi Umar To'raqulov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi akademiyasi xodimi, podpolkovnik Oybek Xo‘jaqulov, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, universitet profilaktika inspektorlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida soha mutaxassisi yoshlar orasida keng tarqalgan huquqbuzarliklarning turli ko‘rinishlari, jumladan, kiberjinoyat va uning oqibatlari, ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi va barchani ogohlikka chorladi. Shuningdek, tadbir davomida mavzuga doir ijtimoiy videoroliklar namoyish etildi.