#xizmat_safari
✈️Xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi oliygoh delegatsiyasining Janubiy Koreya davlatidagi xizmat safari davom etmoqda.
✅Kecha, 18-fevral kuni vakillarimiz safar dasturi bo‘yicha Koreyaning Daejin universitetiga tashrif buyurdi. Delegatsiyamiz mezbon universitet rektori JANG Suk-Xvan bilan muloqot qilib, tomonlar o‘rtasida akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, tadqiqot va innovatsiyalar sohasida hamkorlik qilish yuzasidan muhim kelishuvga erishdilar. Shundan so‘ng, ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Vakillarimiz tashrif davomida universitetdagi o‘quv jarayonlari bilan ham yaqindan tanishdilar.
⏩Delegatsiyamiz a’zolari kun davomida Koreya davlatidagi yana bir nufuzli oliygoh Induk universitetida bo‘lib, universitet rektori Kwang-Man Kim bilan uchrashuv o‘tkazdi va kelajakda ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalasini muhokama qildilar.
📠Ma’lumot o‘rnida, delegatsiyamizning Janubiy Koreyadagi xizmat safari davomida Pocheon shahar meri Park Yoon-Guk hamrohlik qilmoqda va safardagi qizg‘in jarayonlar Koreyaning bir qator nufuzli saytlari va matbuoti tomonidan yoritib borilmoqda.