Diqqat tanlov❗️
? Universitet miqyosida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaynes-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi bakalavr bosqichida taʼlim olayotgan talaba yoshlar uchun 2021-yil 6-10- dekabr kunlari bo’lib o’tadigan “Eng yaxshi insho” va “Eng yaxshi rasm” nomli tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov shartlariga ko’ra:
“Eng yaxshi insho” va “Eng yaxshi rasmlar” mavzusida insho yozish va rasm chizish.
“Eng yaxshi insho” va “Eng yaxshi rasmlar” bo‘yicha bajarilgan materiallar (99) 277-95-97 telegram manziliga jo‘natiladi hamda yuborilgan materiallar tashkiliy qo‘mita tomonidan saralab boriladi.
Saralash jarayonidagi insholar: ijtimoiy tarmoqlardan ko’chirilmaganligi va adabiy va huquqiy fikrlar bilan yoritilganligiga qarab baholanadi. Ko’chirilgan ishlar qabul qilinmaydi va hakamlar tomonidan tekshirilmaydi.
Rasmlarni chizish jarayoni 2021-yil 7-dekabr kuni soat 10:00-12:00 gacha universitetning Yoshlar ittifoqi xonasida amalga oshiriladi. Sur’at talaba qo‘li bilan chizilishi, ko‘chirma materiallardan foydalanmasligi shart. Chizilgan sur’atni baholashda uning badiiyligi, kreativligi, hozirgi zamonga mosligiga qarab baholanadi.
G’oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi:
1-o’rin uchun – 1 500 000 (bir yarim million) so’m;
2-o’rin uchun – 1 000 000 (bir million) so’m;
3- o’rin uchun – 500 000 (besh yuz ming) so’m.
Qani olg'a yoshlar o'z iqtidoringizni namoyon qiling va pul mukofotlaridan biriga ega bo'ling.