#davra_suhbati
📌2024-yil 2-dekabr kuni ana shu mavzuda universitetning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari 1-bosqich talabalari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan davra suhbat o‘tkazdilar.
📖Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixi haqida so‘z yuritilib, Konstitutsiya o‘zi nima? degan savolga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, talabalarga Konstitutsiyaning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni, qonun ustuvorligi, yurtimiz rivoji va xalqimiz farovonligini ta’minlashdagi roli hamda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendum asosida Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiya — inson sha’ni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati ekanligi to‘g‘risida ham qimmatli ma’lumotlar berildi.
❓Davra suhbati talaba-yoshlar tomonidan yo‘llangan savollar bilan yanada mazmunli o‘tdi.