#talaba_yutuqlari
🏊2024-yil 24-30-noyabr kunlari Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida suzish sporti bo'yicha yoshlar va kattalar o‘rasida “O‘zbekiston kubogi” hamda 4-9 noyabr kunlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli suv sporti saroyida kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi.
✅E’tiborlisi, mazkur musobaqalarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti Izzatilla Islamov bosh hakam va suzish ixtisosligi 3-bosqich talabalari hakam sifatida ishtirok etishdi.
✔️Shuningdek, kattalar o‘rtasidagi bahslarda kafedra talabalari musobaqaning bir necha dasturlarida g‘olib va sovrindor bo‘lib, musobaqa qahramonlariga aylanishdi! Ular bilan tanishing:👇
🥇Mixail Kleshko – batterflyay, erkin usul va chalqancha usulda suzish bahslarida;
🥇Liliya Siganenko – 100 m batterflyay usulida va 4x200 m erkin usulda estafeta bahslarida;
🥇Roman Berkovich 100 m hamda 200 m brass usulida suzish bahslari va 4x200m erkin usulida estafeta bahslarida;
🥇🥈Iskandar Sadullayev – 50 m brass usulida suzish va 100 m brass usulida suzish bahslarida;
🥇Parizoda Iskandarova hamda Anastasiya Zelinskaya 4x200 m erkin usulda estafeta bahslarida;
🥇Sevara Yaxshiyeva 4x100 erkin usul miks estafeta bahslarida.
📍Musobaqalarning so‘nggi kunida esa O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari musobaqaga tashrif buyurib, musobaqa jarayonlarini kuzatishdi. Shu bilan birga, murabbiy va mutaxassislar bilan sohadagi yutuq hamda kamchiliklar to‘g‘risida suhbat olib bordilar.