#UNIVERSITET_HAYOTIDAN
✅Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Tibbiy-sanitariya bo‘limi tashabbusi bilan talaba-qizlar ishtirokida “Sog‘lom turmush – sog‘lom hayot” mavzusida tadbir tashkil qilindi.
✔️Unda universitet Tibbiy-sanitariya bo‘limi boshlig‘i Oydinoy Xudoyqulova, Toshkent viloyati Chirchiq shahar Sanepidiomologiya bo‘limi osoyishtalikni saqlash markazi mutaxassisi Malika Sultonova, Toshkent Tibbiyot akademiyasi bolalar kasalliklari propedivtikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Zulfiya Raxmatova, universitet Xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari va talaba-qizlar ishtirok etishdi.
📍Tadbir davomida soha mutaxassislari to‘g‘ri ovqatlanish borasida ko‘plab nazariyalar mavjudligi, parhez bilan to‘g‘ri ovqatlanishni ajrata bilish kerakligi hamda inson organizmiga eng kerakli modda bo‘lmish oqsillar, vitaminlar, uglerodlar iste’mol qilayotgan ovqat ratsionida bo‘lishi zarurligi haqida so‘z yuritdilar. Shu bilan birga, keltirilgan barcha foydali ma’lumotlar videorolik va ko‘rgazmali vositalar yordamida batafsil tushintirildi.