#davra_suhbati
2024-yil 3-dekabr kuni ana shu shior ostida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan oliygohning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabalari, para kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zolari, bir necha bor Respublika va xalqaro turnirlar sovrindorlari Nasiba Abdullayeva, Oydinoy Mansurova hamda para velosport bo‘yicha O‘zbekiston va Osiyo chempionatlari sovrindori Aziza Qosimovalar ishtirokida “Matonat sohibalari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda universitetning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Dilnoza Ismoilova va bo‘lim mutaxassislari, Tibbiy-sanitariya bo‘limi xodimalari hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida tadbir qahramonlari o‘zlarining hayot yo‘llari hamda sportdagi yutuqlari bilan o‘rtoqlashdilar. Turfa sinovlariga o‘z matonati va mustahkam irodasi bilan javob berib kelayotgan sportchi qizlarimiz haqidagi videoroliklar esa barchada ulkan taassurot qoldirdi.
Yakunda tadbir qahramonlariga mas’ullar tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.