#universitet_hayotidan
#profilaktik_tadbir
🔥Xabaringiz bor, mamlakatimiz bo‘ylab favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilingan.
⚽️Shu munosabat bilan, bugun, 3-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi mutaxassislari hamkorligida “Yong‘in havfsizligi oyligi” doirasida futbol yo‘nalishi talabalari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
📍Tadbir davomida bo‘lim mutaxassilari talabalarga yong‘inlar va favqulodda vaziyatlarni oldini olish, texnika xavfsizligi qoidalari, fuqaro muhofazasi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish va yong‘in sodir bo‘lganda harakatlanish tartib-qoidalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdilar.