#tadbir #xalqaro_nogironlar_kuni
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bag'ishlab tadbir o‘tkazildi.
✅Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir universitet rektorining kirish so‘zi bilan boshlanib, o‘z nutqida yurtimizda imkoniyati cheklangan insonlar, ayniqsa, yoshlarga qulay shart-sharoitlar, bepul va sifatli taʼlim olish uchun imkoniyatlar yetarli ekanligi, ular imkoniyati cheklangan boʻlishiga qaramay, turli sohalarda ulkan choʻqqilarni zabt etib kelayotgani, buning yorqin misoli sifatida Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida o‘z tarixida eng yaxshi natijalarni qayd etgan sportchilarimiz yutuqlarini alohida qayd etdi.
📍Shundan so‘ng, tadbirning faxriy mehmoni, universitet rektorining madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov tomonidan bildirilgan samimiy tilaklar va diltortar taronalar yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Shu bilan birga, tadbirning badiiy qismidan joy olgan taniqli san’atkorlar ijrosidagi sho‘x kuy-qo‘shiq hamda Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi iqtidorli talabalarining ijodiy chiqishlari ham barchaga xush kayfiyat ulashdi.
🎁Tadbir so‘ngida kafedraning sport va jamoaviy ishlarda o‘zlarining faolligi, namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh talaba-yoshlari taqdirlandi.