#profilaktik_tadbir
Kecha, 25-oktabr kuni universitetda talaba-yoshlar orasida turli huquqbuzarliklar, giyohvandlik, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar oldini olish va ularning barvaqt profilaktikasiga ko‘maklashishga qaratilgan tadbir tashkil qilindi.
Unda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Mirzanov, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi, podpolkovnik Oybek Xujaqulov, kafedra mudirlari, bo'lim rahbarlari, professor-o‘qituvchilari, universitet profilaktika inspektorlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida soha mutaxassisi tomonidan talabalarga jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish, ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha batafsil tushunchalar berdi.
Tadbir yakunida 25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi podpolkovnik Oybek Xo‘jaqulov, universitet profilaktika inspektorlari Nodir Agabekov hamda Madina Ro‘zimuradovalarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.