#Tanlov
Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan joriy yilning 15-noyabr kuni universitet talabalari o’rtasida “Mening bayrog‘im-mening tasavvurimda” mavzusi asosida rasm chizish tanlovi o’tkazilgandi.
Mazkur tanlovda 50 nafarga yaqin talabalar ishtirok etishidi.
Tanlovda chizilgan rasmlar universitetning “Maʼnaviyat va maʼrifat” bo‘limi tomonidan tuzilgan hayʼat aʼzolari tomonidan baholandi.
Hay’at a’zolari tomonidan quyidagi talabalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlov g’olibi sifatida e’lon qilindi:
1-o‘rin Xolmurodov Sharofjon Shuxrat o‘g‘li (Sport o‘yinlari fakultetining Badminton yo’nalishi 1-kurs, 51-21-guruh talabasi);
2-o‘rin Tairova Dilrabo Baxtiyor qizi (Yakka kurash fakulteti Taekvondo yo’nalishi 2-kurs, 52-20-guruh talabasi);
3-o‘rin Ibragimov Davron Pahlavon o‘g‘li (Paralimpiya fakulteti Yengil atletika yo’nalishi 2-kurs, 52-20-guruh talabasi);
3-o‘rin Abdullayev Sarvar Xakimjon o‘g‘li (Yakka kurash fakulteti Boks yo’nalishi 2-kurs, 53-20-guruh talabasi).
Eslatib o’tamiz tanlovda 1-, 2-, 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan talabalar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin 1 million 500 ming so‘m;
2-o‘rin 1 million so‘m;
3-o‘rin 500 ming so‘m.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy