Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakulteti Murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan 12 noyabr kuni AQUATLON bo‘yicha Unversitet birinchiligi o‘tkazildi. Unda 50 nafarga yaqin sportchi talabalar ishtirok etdi.
Musobaqa Nizomiga ko‘ra ishtirokchilar 300 metrga suzish hamda 3000 metr (3 km)ga yugurish bo‘yicha o‘zaro baxslashdilar. Unda ikki tur natijasi bo‘yicha eng kam vaqt sarflagan ishtirokchilar g‘olib deb topildi.
Hakamlar hay’atining qaroriga muvofiq quyidagi talaba sportchilar kuchli uchtalikdan o‘rin egalladi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin: Umarov Ikromxon
2-o‘rin: Aliyev Sultan
3-o‘rin: Tuhfatulin Danil
Qiz bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin: Jumaboyeva Zulayho
2-o‘rin: Nurmatova Dilfuza
3-o‘rin: Sayidova Dilafruz
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Unversitet rahbariyati tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal va 1-o‘rin uchun 1 mln, 2-o‘rin uchun 800 ming so‘m va 3-o‘rin uchun 500 ming so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.