Bu haqida, 10-fevral kuni Innovatsion rivojlanish agentligida olimlar ishtirokida oʻtkazilgan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilishda talabgorlarni ilmiy faoliyat natijalari boʻyicha baholash” mavzusidagi davra suhbatida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kiruvchi talabgorning ballari Yagona elektron tizimdagi shaxsiy kabinetida toʻplanadigan maʼlumotlariga muvofiq shakllanadi va oʻzlashtirgan fanlari, xorijiy tillarni bilish darajasi, faoliyat natijalaridagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisoblanadi.
Mazkur davra suhbatida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Shukurjon Gaziyev ham ishtirok etib, bildirilgan fikrlar yuzasidan o‘z takliflarini berdi.