#universitet_hayotidan
✅Joriy yilning 10-fevral kuni universitet tyutorlari M.Raxmanova hamda A.Abdusalomov Chirchiq shahrida joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi” nomli bilimdonlar bellashuvining tuman bosqichida hakam sifatida faol ishtirok etib, o‘quvchilarning javoblarini xolis baholab bordilar.
✅Shuningdek, mazkur sanada oliygohning Og'ir atletika, ot sporti, Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati, Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport hamda Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedralari tyutorlari talaba-yoshlar bilan birgalikda O'zbekiston Davlat Satira teatriga sayohat uyushtirdilar.
🎭Teatrda universitet jamoasi aktyorlar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan "Soqov xotin" pyesasi asosida hajviy va lirik voqealarga boy bo'lgan spektakl namoyishini tomosha qilishdi.