#olima_ayollar #zakovat
📆Kecha, 10-fevral kuni universitetning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi hamda Jismoniy tarbiya sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi xotin-qizlar bo‘yicha mas’uli va ayol professor-o'qituvchilari tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida 📘"Siz qonunni bilasizmi” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
👩💼11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan mazkur intellektual o‘yinda talaba-qizlar, jamiyatda xotin-qizlarning huquq va majburiyatlari hamda Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
📜📚O‘yin so‘ngida g‘olib jamoa va faol qatnashchilarga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.