✅Joriy yilning 27-sentabr kuni universitetning Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglar bilan ishlash boʻlimi xodimlari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida oʻtkazilgan “OTMlar uchun strategiyalar: QS va THE xalqaro reytinglarida ustunlik” mavzusidagi seminar-treningda onlayn tarzda ishtirok etdi.
Unda xalqaro reytinglarning OTMlar uchun ahamiyati borasida yevropalik ekspertlar tomonidan tavsiyalar berildi.
✅Shuningdek, Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglar bilan ishlash hamda Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boʻlimlari hamkorligida universitetning xalqaro yo'nalishdagi maqsad-rejalari va xalqaro imdjini yaxshilash hamda nufuzini oshirish bo'yicha professor-oʻqituvchilar ishtirokida seminar o'tkazildi.
Seminar davomida mazkur yo'nalish borasida fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.