#universitet_hayotidan
✅Kecha, 4-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligida universitet mas'ul xodimlari ishtirokida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, talabalar turar joyiga talabalarni ehtiyoj asosida joylashtirish hamda o‘quv-mashg‘ulot xonalari va sport zallarining shayligi ko‘zdan kechirildi.
📍Jarayon davomida aniqlangan ba'zi kamchiliklarni joyida bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
💡Eslatib o‘tamiz, oliy ta’lim muassasalarida 2024-2025 o‘quv yili 2024-yil 9-sentyabrdan boshlanadi.