#qabul2024
📅 Xabaringiz bor 5-iyul kunidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari boshlandi.
✅ Imtihon jarayonlarining adolatli va shaffof o‘tishi O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
🔖 Jumladan bugun 9-iyul kuni ham vazirlik mas'ul xodimlari universitet rektori R.Matkarimov hamrohligida imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tayotgan sport inshootlarini ko‘zdan kechirishdi.
Bugun 9-iyul kuni kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanganining 5-kuni imtihon jarayonlari bilan yuqoridagi fotosuratlar orqali tanishishingiz mumkin.
📌 Eslatib o‘tamiz universitetda kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari 18-iyulga qadar davom etadi.