#Vazir_va_yoshlar
#live
Ayni vaqtda poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Yoshlar oyligi” doirasida Sport vaziri Adham Ikramov ishtirokida “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov boshchiligidagi universitet yosh professor-o‘qituvchilari, murabbiylar, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari hamda sportchi talabalari ham o‘zlarining sport sohasidagi taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etmoqdalar…