#uchrashuv
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Mahmudova va partiya deputatlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov ochib, oliygohda partiya bilan hamkorlikda olib borilayotgan amaliy ishlar haqida to‘xtaldi.
Shundan so‘ng “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Robaxon Mahmudova so‘zga chiqib, jamiyatda xotin-qizlarning o‘rnini oshirish, oila-mahalla, maktab hamkorligini kuchaytirish, oilada gender tenglik, qizlarni erta turmushga uzatish holatlarining oldini olish, yoshlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish shuningdek, xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish va sog‘lom turmush kechirishlarida sportning o‘rni kabi dolzarb mavzularda ma’ruza qildi.
Yakunda mexmonlarga universitet tarixi muzeyi tanishtirildi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu tadbirda “Adolat” SDP Toshkent viloyati Kengashi raisi Gulnora Axmedova, partiya viloyat Kengashi xodimlari, partiyaning “Ayollar qanoti” Kengashi a’zolari, Toshkent viloyati Kengashi deputatlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda OAV vakillari ham ishtirok etishdi.