#stop_korrupsiya
📆Joriy yilning 31-may kuni Universitetda Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, poraxo‘rlikka butunlay chek qo‘yish mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, guruh rahbarlari va yakuniy nazorat hamda yakuniy davlat attestatsiyasi komissiya a’zolari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda rektor Rashid Matkarimov universitet jamoasini bunday zararli odatlardan holi bo‘lishga chaqirib, halollik bor joyda baraka bo‘lishini, talabalarni ayni universitetda pokni nopokdan, halolni haromdan farqlashga o‘rgatish asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lishi lozimligini uqtirib o‘tdi.
Shundan so‘ng “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Zunnun Xolmirzayev so‘z olib har qanday jinoyatga jazo muqarrarligi, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik jamiyatimiz uchun naqadar xavfli illatligi va unga qarshi kurash hozirgi kunning muhim vazifalaridan ekanligi borasida to‘xtalib o‘tdi.
📌Yakunda rektor Rashid Matkarimov yig‘ilishda ishtirok etgan universitet jamoasi bunday nopok ishlar uchun aslo qo‘l urmasligi, universitet sha'niga dog‘ tushiradigan korrupsiyaviy holatlar ro‘y bermasligiga ishonch bildirdi