#ilmiy_seminar
Bugun Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda Rossiya sport terma jamoalarini tayyorlash markazi yetakchi mutaxassisi Viktor Shiyan ishtirokida yosh olimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi.
Seminar universitet rektori, professor Rashid Matkarimovning kirish soʻzi bilan boshlab, oʻz nutqida mamlakatimizning bugungi kundagi olib borayotgan sport siyosati hamda Oʻzbekiston davlat sport akademiyasining tashkil etilishi va bu loyihaning mohiyati toʻgʻrisida qisqacha toʻxtalib oʻtdi.
Shundan soʻng xorijiy olim Viktor Shiyan "Sport ilmi sohasida yosh rossiyalik olimlarni tayyorlash tajribasi” mavzusida taqdimot qildi. Taqdimot davomida mutaxassis sport sohasida yosh olimlarni tayyorlashning ahamiyati hamda bu yoʻnalishda eʼtibor berilishi lozim boʻlgan jihatlar xususida toʻxtalib oʻtdi.
Seminar soʻngida yosh olimlar va izlanuvchilar tomonidan berilgan savollarga xorijiy olim va Universitet professorlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.