#xalqaro_turnir
📆2024-yil 21-22 may kunlari O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yengil atletika va biatlon kafedrasida bir necha yillar faoliyat olib borgan dotsent, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Gennadiy Arzumanov xotirasiga bag‘ishlangan yengil atletika bo‘yicha “VI Xalqaro Gennadiy Arzumanov memoreal” turniri o‘tkazildi.
📌Qayd etish kerakki, 6-bor tashkil etilgan ushbu turnirda universitetimizning 19 nafar professor-o‘qituvchilari hakamlik, 100 ga yaqin talabalar volontyor bo‘lib jonbozlik ko‘rsatdilar.
✅Undan tashqari atletlar o‘rtasida kechgan murosasiz bahslarda 18 nafar sportchi talabalarimiz ham qatnashib, yuqori o‘rinlarni egallashdi.
🏆Xususan, Amir Nagayev balandlikka sakrashda 2 m 12 sm natija bilan 🥇oltin medalni, Vadim Chekalov 2 m 09 sm ko‘rsatkich bilan 🥈kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 800 metrga yugurish dasturida Irina Levina 🥈kumush, uch hatlab sakrashda esa Xushnoza Shavkatova 🥉bronza medallariga ega bo‘ldi.
🌏Ma’lumot o‘rnida, mazkur musobaqada yengil atletika bo‘yicha jahon va Yevropa chempioni, Olimpiada o‘yinlari finalchisi hisoblangan turkiyalik sportchi Ramil Guliyev hamda 13 dan ortiq mamlakat sportchilari ishtirok etdi.