#ilmiy_anjuman
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “Taekvondo sport turini ommalashtirish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Anjuman Oliygohning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Bahrom Musayev tomonidan ochib berildi. Kafedra mas’ullari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, universitetning Farg‘ona va Nukus filiali vakillari, talabalar hamda onlayn tarzda ushbu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etgan ushbu anjumanda taekvondo sportida zarba aniqligi va uni rivojlantirish samaradorligi, mazkur sportda boshqaruv amaliyoti, yuqori malakali taekvondochilarning musobaqa qoidalariga xos ravishda jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda taekvondo sportini mahallalar kesimida ommalashtirish kabi dolzarb mavzularda taqdimotlar qilinib, ular bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.
Yakunda anjumanning faol qatnashchilari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.