Bugun, 1-may kuni Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 1-darajali mehnat faxriysi, jismoniy tarbiya va sport a’lochisi, institutning Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori Paxritdin Xodjayevning muborak 85 yoshga to‘lishi munosabati bilan madaniy tadbir tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi oliygoh prorektorlari va professor-o‘qituvchilari, institut rahbariyati, hamda faxriy ustozning shogirdlari ishtirok etishdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbirda so‘z olganlar Paxritdin Xodjayevning sport sohasidagi samarali mehnatlari va o‘z kasbiga bo‘lgan cheksiz sadoqati haqida iliq fikrlar bildirishdi. Xususan, universitet rektori Rashid Matkarimov tadbir qahramonining mehnat faoliyati davomida soha rivoji uchun qilgan ulkan xizmatlarini alohida e’tirof etib, universitet jamoasi nomidan faxriy ustozga o‘z esdalik sovg‘alarini topshirdi.