Xalqaro qizlar kuniga (International day of the Girl Child) 2011 yil, 11 oktyabrda BMT Bosh assamblyasida asos solingan. Butun jahon bo‘yicha qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e’tibor qaratish maqsadida har yili 11 oktyabrda Xalqaro qizlar kuni nishonlanadi.
BMTga a’zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek, butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish tavsiya etiladi.
Huddi shu maqsadda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xotin-qizlar masalasi bo‘yicha rektor maslaxatchisi N.Mirdjamolova hamda Kurash fakulteti o‘qituvchi va talaba qizlari bilan birgalikda Chirchiq shahar 13-sonli umumta’lim maktabida tadbir tashkil qilindi.
Ushbu tadbirda o‘quvchi qizlarning aqlan yetuk, jismoniy-ruhiy sog‘lom bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan maslahatlar hamda Kurash fakulteti talaba qizlari tomonidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
O‘zDJTSU matbuot xizmati