#xalqaro_anjuman
🏆Bugun, 25-aprel kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham Xalqaro kurash instituti hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda kurashning xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan “Kurash sportining nazariy-amaliy muammolari” mavzusida Xalqaro ilmiy amaliy anjuman tashkil etildi.
🌏Unda universitet prorektorlari, oliygohga xorijdan jalb etilgan professorlar, Xalqaro kurash instituti va Xalqaro kurash assotsiatsiyasi vakillari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, sportchi talabalar shuningdek, dunyoning 15 dan ortiq davlatidan tashrif buyurgan 30 ga yaqin xorijiy mutaxassis hamda hakamlar ishtirok etishdi.
⏩ Anjuman O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Bahrom Musayevning kirish so‘zi bilan boshlanib, prorektor anjuman ishiga omad tiladi.
📍 Shundan so‘ng, dunyoda kurash bo‘yicha professional kadrlarni tayyorlashda innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish, kurash usullari va ularni tasniflash shu bilan birga, kurash sportining Olimpiya o‘yinlariga kirishida hakamlarning roli kabi dolzarb mavzular bo‘yicha taqdimotlar qilingan ushbu anjuman – Xalqaro kurash instuti tomonidan yangi turda joriy etilgan etilgan 3 oylik onlayn kurs ishtirokchilari uchun so‘nggi bosqich bo‘lib xizmat qildi.
🗞Yakunda universitet birinchi prorektori Sherzod Mirzanov yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur konferensiyaning ahamiyati to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib, mehmonlar va qatnashchilarga faol ishtirok uchun tashakkur bildirdi. Tashkilotchilar tomonidan esa eng yaxshi taqdimot egalari sertifikatlar bilan taqdirlandi.
✅Anjuman o‘z faoliyatini hakamlik qonun-qoidalariga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot jarayonlari bilan davom ettirmoqda.