#14_yanvar
#vatan_himoyasi
Ona Vatan deganda har bir kishining qalbida olam-olam g‘urur, iftixor va faxrlanish hissi jo‘sh uradi. Uni jondan-da ortiq sevish, ardoqlash va xavf-xatarlardan himoya qilish nafaqat harbiy xizmatchilarning, balki shu yurtning farzandiman deb bilgan barcha o‘g‘lonlarning muqaddas burchidir!
Bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbir tashkil etildi.
Unda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov, rektor maslahatchisi Umar To'raqulov, Toshkent viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi faxriylar kengashi raisi o'rinbosari, podpolkovnik Inom Xudoyberdiyev, Mudofaa Vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi Toshkent viloyati hududiy bo'linmasi 1-toifali mutaxassisi, podpolkovnik Erkin Raxmonqulov, Toshkent viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi, Mudofaa Vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi, Chirchiq shahar gornizoni ma’naviyat va ma’rifat markazi va 71201-, 07984-sonli harbiy qism xizmatchilari hamda Chirchiq shahridagi 13-14-sonli umumta’lim maktab o‘quvchilari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Shundan so‘ng tadbirning tantanali konsert qismiga navbat berildi. Konsert dasturidan joy olgan iqtidorli talabalar ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari va harbiy ansambl ijrosidagi Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar hamda ko‘rgazmali chiqishlar yig‘ilganlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.