#profilaktik_tadbir
2024-yil 19-aprel kuni universitetda talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda, Chirchiq shahar Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻlim boshligʻi Umid Ikramov, universitetining Korrupsiyaga qarshi kurashish “kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi Dilshod Xolto‘rayev, oliygoh profilaktika inspektori Nodir Agabekov shuningdek, Xalqaro kurash turlari, Taekvondo, qilichbozlik, Tennis badminton, stol tennisi, Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedralari mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mas’ullar talaba-yoshlar o‘rtasida uyushgan jinoyatchilik, turli huquqbuzarliklar va korrupsion xavf-xatarlar oldini olish, sodir etilgan har qanday jinoiy harakatlarga qo‘llaniladigan jazo turlari to‘g‘risida zaruriy ma’lumotlar berishdi.
Shu bilan birga kafedra mas’ullari tomonidan talabalarga universitet hamda talabalar turar joyida belgilangan umumiy tartib-qoidalar va odob-axloq me’yorlariga qat’iy rioya qilib borishlari yana bir bor eslatib o‘tildi.