#mahorat_darsi
Joriy yilning 18-aprel kuni Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi tashabbusi bilan bitiruvchi kurs talabalar uchun O'zbekiston futbolchilari uyushmasi raisi Komoliddin Murzoyev ishtirokida "Sport menejmentini rivojlantirish muammolari va yechimlari" mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Unda uyushma raisi tomonidan mehnat bozori talabiga mos, zamonaviy texnologiyalarga doir bilimlarni egallash, talabalarning o‘zlashtirish darajasiga qo‘yiladigan talablar hamda kasbiy kompitensiyalar bilan uzviy bogʻlangan holda tegishli ta’lim yoʻnalishi bitiruvchi kurs talabalarining bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan kerakli maʼlumotlar berildi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu mahorat darsi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalari ijrosi doirasida tashkil etildi.