Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-mart kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Bahodir Jalolov ixtisoslashtirilgan boks sport maktabi hamda Oksana Chusovitina ixtisoslashtirilgan gimnastika sport maktabiga tashrifi davomida maktablarda shug‘ullanayotgan yosh sportchilar, soha mutasaddilari bilan muloqot o‘tkazgan edi.
Oksana Chusovitina ixtisoslashtirilgan gimnastika sport maktabida o‘tkazilgan muloqotda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashab, ushbu sport maktabida shug‘ullanib kelayotgan Abulfayzev Sarvar Muxtorjon o‘g‘li ham qatnashib, yurtboshimizga sport gimnastikasi bilan 11-yildan buyon muntazam shug‘ullanib kelayotgani, 9 karra O‘zbekiston chempioni, Singapurda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari ishtirokchisi ekanligi aytib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘qish niyatida ekanligini bildirgan edi.
Bugun 7-mart kuni Abulfayzev Sarvar Muxtorjon o‘g‘lining otasi Muxtorjon Pashaqulov va onasi Nigora Xaydarova O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga kelib, Universitet rektori Rashid Matkarimov hamrohligida universitetda davlatimiz tomonidan sportchi talabalarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv va mashg‘ulot jarayonlarining borishi, xususan gimnastika zalida o‘tayotgan mashg‘ulot jarayonlari tanishtirildi. Uchrashuv yakunida Abulfayzev Sarvar Muxtorjon o‘g‘lining ota-onasiga universitet logotipi tushirilgan suvenir hamda boshqa esdalik sovg‘alari topshirildi.