#tadbir
Ma’lumki, yoshlardagi ilmiy va jismoniy salohiyatni yuksaltirish bilan birga, ulardagi vatanparvarlik tuyg‘usini ham mustahkamlash g‘oyat muhim omildir.
Kecha, 28-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik!” shiori ostidagi “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri talaba-yoshlardagi Ona Vatanga sadoqat hissini yanada oshishiga xizmat qildi.
Tadbirni universitet rektori Rashid Matkarimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Faxriylar markaziy kengashi faxriylari zaxiradagi polkovnik Oybek Azimov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Zokir Xudoyshukurovlar so‘zga chiqib, yosh avlodga o‘zlarining hayot yo‘llaridagi boy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek tadbir davomida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi ansanbli hushovoz xonandalari ijrosida diltortar kuy-qo‘shiqlar va jozibador raqslar namoyish etildi.
Yakunda esa universitet rahbariyati hamda harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan faxriy ustozlar va tashkilotchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.