#tadbir
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi va “Qizlarjon” klubi sardorlari tomonidan mahalla hamkorligida “Kitobxon onalar kuni” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda O‘zbek va chet tillari kafedrasi mudiri N.G‘afforov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar, Chirchiq shahar 1-sektor xotin-qizlar faollari hamda oliygoh ARM xodimalari va magistrantlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar kitobning bola tarbiyasidagi o‘rni, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida eʼtibor qaratish kerakligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirishdi. Shuningdek, kitobxon onalarimiz oila davrasida oʻqigan kitoblarining maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati, ilgari surilgan gʻoyalari xususida o‘rtoqlashdilar.
Yakunda iqtidorli talaba-qizlarning ijodiy namunalari tinglanib, kutubxona xodimlari tadbir qatnashchilarini ARM faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar.