Maʼlumki, kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun maʼnaviyat va maʼrifat o‘chog‘i bo‘lib xizmat qilgan. Ayniqsa, bu maskanga talaba-yoshlarni oshno etish va ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish bugungi kunning muhim talabi!
Shu munosabat bilan, 14-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportni boshqarish fakulteti murabbiyi Sherali Shoymardonov hamda tyutor Umida Arziyevalar boshchiligida talaba-yoshlar "Chirchiq shahar axborot kutubxona markazi"ga tashrif buyurishdi.
2019-yil tashkil topgan mazkur kutubxonada, hozirda 118000 dan ortiq kitob fondi mavjud. Shundan 5000 dan ortig‘i yangi adabiyotlardir. Eng ahamiyatlisi, bir asrga teng nodir qo‘lyozmalarning elektron shakli, Prezident asarlari hamda ilmiy-siyosiy, badiiy va jahon adabiyotlari, bolalar ensiklopediyalarining ham borligi talabalar e’tiborini jalb qildi.
Tashrif so‘ngida 18 nafar talaba kutubxonaga a’zo bo‘lish istagini bildirishdi.