#talaba_yutuqlari
Bugun Toshkent sharida joylashgan Yunusobod sport majmuasida dzyudo bo‘yicha Oʻzbekiston chempionligi uchun bahslar boshlandi.
Milliy terma jamoa uchun kuchli zaxira sportchilarini saralab berishga xizmat qilayotgan mazkur musobaqada 564 nafar dzyudochi g‘oliblik uchun o‘zaro bahsga kirishishdi.
Ularning orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Dzyudo, karate nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabasi Sevinch Murodova ham bor bo‘lib, musobaqaning ilk kunidayoq yengil vazn toifasida ikkinchi o‘rinni egalladi hamda chempionatning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
👏💐Barakalla, Sevinch!