O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Futbol” va “Sportni boshqarish” fakultetlari hamkorligida talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan “Biz-sportchilar jinoyatchilikka qarshimiz!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov, Chirchiq shahar ichki ishlar qidiruv bo‘limi boshlig‘i O‘.Jalilov, Chirchiq shahar jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i, mayor A. Adashvoyev, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.