Joriy yilning 17-oktyabr kuni Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Ilmli ayol — jamiyat ko‘zgusi” festivali o‘tkazildi.
Festivalda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 20 nafar nufuzli xalqaro sport musobaqalarida sovrindor bo‘lgan talaba-qizlari hamda oliygohning Xotin-qizlar maslahat Kengash raisi, rektor maslahatchisi Shirin Aliyeva, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy, professor Klara Shakirjanova, Sport o‘yinlari fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Dilafruz Umirova ishtirok etdi.
Chirchiq shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda keyingi yillarda yurtimizda xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.