#ochiq_dars
Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yakkakurash sport turlari fakulteti dekani V.Anashov tomonidan talabalarga “Boksda musobaqa qoidalari va hakamlik faoliyati” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti olib borildi.
Dars davomida talaba-yoshlarga boks taktikasining umumiy tushunchasi, musobaqalarda amal qilinadigan umumiy qoidalar va bokschining jismoniy sifatlari shuningdek, hakamlik faoliyatida e’tibor beriladigan jihatlar to‘g‘risida taqdimot qilindi. Talablar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.