Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh rektori Maxmudjon Boltabayev boshchiligida Universitet Odob-axloq komissiyasi, prorektorlar, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasi va Mehnat kodeksidagi o‘zgarishlar, universitetning yangi tahrirda qabul qilingan Odob-axloq qoidalari mazmun-mohiyati, meʼyoriy hujjatlar bilan ishlashning dolzarb masalalari hamda korrupsion hatti-harakatlar oldini olish to‘g‘risida universitet jamoasiga zaruriy maʼlumotlar berildi va ular bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, UNISON elektron hujjatlar bilan ishlash tashkilotining yetakchi mutaxassislari ishtirokida ijro intizomi, hujjatlarni tartibga keltirish va rasmiylashtirish yuzasidan ham taqdimotlar qilindi.