#jarayon
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov boshchiligidagi rahbar xodimlar tomonidan talabalarning yotoqxonaga joylashish jarayonlari hamda talabalar turar joyidagi umumiy holat ko‘zdan kechirildi.
Jarayonlar bilan tanishish davomida birinchi prorektor talabalar bilan suhbat o‘tkazib, avvalo, ularni Mustaqilligimizning 32 yilligi hamda sportchilar oilasi a’zosiga aylanganliklari bilan samimiy qutladi. Shuningdek, universitet va talabalar turar joyidagi ichki tartib-qoidalar, odob-axloq me’yorlariga doimiy tarzda amal qilishlari kerakligini alohida ta’kidladi.
Yakunda esa barcha talaba-yoshlarga kelgusidagi o‘qish va ishlariga ulkan zafarlar tilab qoldi.