Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida rahbar xodimlar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda universitet rektori, professor M.Boltabayev tomonidan yangi 2023–2024 o‘quv yilida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, talabalarni turar joylar bilan taʼminlash hamda o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish kabi muhim chora-tadbirlar yuzasidan fikrlar bildirilib, tegishli topshiriqlar berildi.
Yakunda esa yig‘ilish ishtirokchilarini kirib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy qutlab, kasb faoliyatlaridagi izlanishlariga omad tilab qoldi!