Xabaringiz bor, 2023 yil 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni eʼlon qilindi.
 
Eng quvonarli jihati, unda o‘zining azmu shijoati va yuksak mahorati bilan nufuzli musobaqalarda ulkan natijalarga erishib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ham 4 nafar talabalari: Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Abdullayev Ruslan Anvar o‘g‘li va universitetning bitiruvchi talabasi Mo‘ydinxo‘jayev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li, Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Turaboyev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni hamda Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Fayzullayev Abbosbek Sayidjon o‘g‘li “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi!
 
Bugun tom maʼnoda, nafaqat Vatani, balki o‘z universiteti, ustoz va murabbiylarining yuksak ishonchini qozongan ushbu talabalarimizni erishgan yutuqlari, unvon va medallari bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!