#xalqaro_hamkorlik
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Bursa faxriy konsuli Ali Baklan keldi.
Mehmon universitet rektori Maxmudjon Boltabayev bilan uchrashdi hamda hamkorlik o‘rnatish yuzasidan kelishib olishdi. Shundan so‘ng universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Ma’lumot uchun joriy yilning 11-18 iyun kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining vakillari Turkiya davlatidagi bir qator oliy taʼlim muassasalaridagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va kelishuvlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida mazkur davlatda xorij safarida bo‘lib qaytishgandi.
Safar davomida Istanbul, Otaturk, Bursa Uludag‘, Gazi va Selchuk singari Turkiyaning qator yetakchi universitetlari bilan anglashuv memorandumlari imzolangandi.