O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidagi “Summer school 2023 – Impluse Ssinse” yozgi maktabida tinglovchilar uchun tashkil etilayotgan o‘ziga xos tadbir hamda seminar-treninglar qizg‘in davom ettirilmoqda.
Xususan, maktabning uchinchi kunida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilarga “Sportda ingliz tilini o‘rganishning amaliy usullari” mavzusida qiziqarli master-klass hamda Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bitiruvchilari bilan birgalikda shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Bugun yozgi maktab tinglovchilari universitetning Suv sport, eshkak eshish nazariyasi va uslubiyati kafedrasi shuningdek, O‘zbekiston “Roving & Sanoe” federatsiyasining moddiy-texnik baza imkoniyatlari, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishtirildi. Bu esa ularning mazkur sohadagi bilim va ko‘niklamalarini yana-da boyitishga xizmat qildi.