Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bitiruvchi kurs talabalarning bandligini ta’minlash maqsadida poytaxtimizdagi ko‘p tarmoqli sport hamda fitness klublar tarmog‘iga ega BEFIT kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda BEFIT kompaniyasi va universitet rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida kompaniya rahbari J.Navruzov tomonidan BEFIT kompaniyasidagi mavjud “BEFIT PRO”, “BEFIT ONE”, BEFIT BOX”, BEFIT SKY” nomli o‘ziga xos loyihalar, ularning tarixi, ko‘rsatiladigan xizmatlar, kompaniyadagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida qimmatli ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, kompaniyada qay tartibda ish boshlash mumkinligi, oylik maoshlar hamda xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan “SMART FITNES AKADEMY” markazi faoliyatiga ham alohida to‘xtaldi.
Yakunda esa talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini yo‘llash bilan birga, kompaniyada ishlash istagini ham bildirdilar.