Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-sonli qaroriga muvofiq 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallarida “Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga kamida ikkinchi sport razryadiga ega boʻlgan, “Sport turining alohida yoʻnalishlari” magistratura mutaxassisligiga esa kamida “Oʻzbekiston sport ustaligiga nomzod” yoki “Oʻzbekiston grossmeysterligiga nomzod” sport razryadiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul qilinishi belgilangan edi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan “ERP sport yagona elektron boshqaruv tizimi, shuningdek, uning quyi “Ijodiy imtihon” axborot tizimi ishlab chiqildi. Shunga koʻra, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida “Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga onlayn hujjat topshirishda faqatgina tegishli sport razryadlari “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga kiritilgan abituriyentlar imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.
Joriy yilning 20-iyun kuniga qadar sportchilardan razryadlari va unvoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimiga oʻz vaqtida, toʻliq va haqqoniy kiritilishi talab etiladi.
Sport faoliyati yoʻnalishi boʻyicha hujjat topshirayotgan abituriyentlar my.sport.uz havolasi orqali sport sohasidagi interaktiv xizmatlar portaliga kirib mavjud sport unvonlari yoki razryadlari haqida maʼlumot olish xizmati yoʻlga qoʻyildi.
Agarda razryadi boʻlsayu biroq ushbu tizimdan chiqmasa oʻz hududida joylashgan sport tashkilotiga murojaat qilishi kerak boʻladi.