Kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 1-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Biz balli qizlar” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Unda universitetning Sport o‘yinlari fakulteti qizlari o‘zlarini pazandachilik bobidagi mahoratlarini namoyon etishdi. Shuningdek, ularning mehmon kutish madaniyati, taomni o‘ziga xos tarzda bezatish va uni tortiq etish kabi ko‘nikmalari ham sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov yakunida esa faol ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.