Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning navbatdagi Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda kun tartibidagi muhim masalalar, jumladan, 2022-2023 o‘quv yili birinchi yarim yilligida universitetda ilmiy, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va xalqaro sohalarda olib borilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi. Yig‘ilish davomida ilmiy tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan hamda professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan bir guruh universitet professor-o‘qituvchilariga tantanali ravishda diplomlar ham topshirildi.
Shuningdek, Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori Allamuratov Shuxratulla Inayotovichning tavallud topganiga 70 yil to‘lganligi munosabati bilan faxriy ustozning uzoq yillik mehnati alohida eʼtirof etilib, unga universitet Kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari berildi.