Turnirning 3-turida kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etilib, jamoalardagi ballar farqi keskin o‘zgarib bormoqda!
Ayni vaqtdagi umumiy holat quyidagicha:
“Football 1” jamoasi hamon peshqadamlikni saqlagan holda, o‘z o‘rniga tobora mustahkam joylashib olmoqda desak xato bo‘lmaydi.
2-o‘rindagi “Kometa” jamoasi “Football 1” jamoasini ta’qib qilishda davom etmoqda.
“Psixologlar” va “Forward” jamoalari esa hozircha orada 1 ochkolik farq bilan deyarli teng kurash olib borishyapti.
Tibbiyot fakultetining “Avitsenna” jamoasi o‘rta pog‘onadan joy olib, mo‘tadillikni saqlashmoqda. Fakultetining ikkinchi “Gippokrat” jamoasi o‘zlarining qo‘shnilariga yetib olish payida. Kurash ancha qizg‘in tus olgan.
“Football 2” jamoasidan bu turda omad yuz o‘girdi desak ham bo‘ladi. Keyingi turlarda mazkur jamaoga omad tilab qolamiz.
“Lider” jamoasi hali hamon nomiga munosib bo‘lishga harakat qilishmoqda, biroq ularga biroz shijoat yetishmayapti.
“Oskar” jamoasi har turda minimal hisob bilan 9-o‘rinda. Ushbu jamoani ham yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishga umid qilamiz.
“Renessans” jamoasiga esa mavsum boshidan buyon omad degan so‘z begona bo‘lib kelmoqda. Shunday bo‘lsada bu jamoaning ham oldinga siljishiga ishonchimiz katta!